
Kolumbiyada mag‘lub bo‘lgan "Uzbek Tigers" guruhda nechanchi o‘rinda bormoqda?
Xabaringiz bor, “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari VIII mavsum guruh bosqichini Amerika mintaqasi jamoalari - “Cuba Domadores”, “Colombia Heroicos” va “Caciques Venesuela”ga qarshi o‘tkazmoqda.
Bugun guruh bosqichining to‘rtinchi turida bokschilarimiz Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” jamoasi bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va ortga bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Bu jamoalarning Toshkentdagi bellashuvlarida “UzbekTigers” yirik 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Bokschilarimizdan 56 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov raqibi Meza Martinesni 3-raundda nokautga uchratgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov (64 kg) Agudelo Guterresga umuman imkoniyat qoldirmadi.
Shuningdek, Mironshoh ibragimov (49 kg) Rivas Martinesdan texnik nokautga uchragan bo‘lsa, murosasiz bellashuvlarda Isroil Madrimov (75 kg) Vivas Palasiosga 2:1 va Sanjar Tursunov (-91 kg) Xulio Blankoga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, “Uzbek Tigers” 4-turdan so‘ng “A” guruhida 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami va amaldagi vitse-chempion “Cuba Domadores”da esa 9 ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Uzbek Tigers" jamoasi guruhning 5- va 6-tur bahslarini Termizda Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Janglar 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Turnir jadvali bilan tanishing:
“A” guruhi
Jamoalar |
Ochko |
Janglar |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
Durang |
1. CUBA DOMADORES (Kuba) |
9 |
4 |
3 |
1 |
0 |
2. UZBEK TIGERS (O‘zbekiston) |
7 |
4 |
2 |
2 |
0 |
3. COLOMBIA HEROICOS (kolumbiya) |
7 |
5 |
2 |
3 |
0 |
4. CACIQUES VENEZUELA (Venesuela) |
5 |
3 |
1 |
2 |
0 |
“V” guruhi
Jamoalar |
Ochko |
Janglar |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
Durang |
1. FRANCE FIGHTING ROOSTERS (Frantsiya) |
12 |
4 |
4 |
0 |
0 |
2. BRITISH LIONHEARTS (Buyuk Britaniya) |
10 |
4 |
3 |
1 |
0 |
3. ITALIA THUNDER (Italiya) |
4 |
4 |
1 |
3 |
0 |
4. CROATIAN KNIGHTS (Xorvatiya) |
1 |
4 |
0 |
4 |
0 |
“S” guruhi
Jamoalar |
Ochko |
Janglar |
G‘alaba |
Mag‘lubiyat |
Durang |
1. PATRIOT BOXING TEAM (Rossiya) |
9 |
4 |
3 |
1 |
0 |
2. ASTANA ARLANS KAZAKHSTAN (Qozog‘iston) |
6 |
3 |
2 |
1 |
0 |
3. INDIAN TIGERS (Hindiston) |
0 |
2 |
0 |
2 |
0 |
4. CHINA DRAGONS (Xitoy) |
-1 |
1 |
0 |
1 |
0 |
Fikrlar