Osiyolik eng qimmatbaho futbolchi haqida 12 ta fakt

1. Son Xyon Min 1992 yil 8 iyulda Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida tug‘ilgan.

2. 16 yoshida Janubiy Koreyaning “Seul” klubi akademiyasini tark etib, Germaniyaning “Gamburg” jamoasi akademiyasiga o‘tadi. 18 yoshida esa mazkur klub bilan ilk professional shartnomasini tuzadi.

3. 2010 yilning 30 oktyabri sanasida 18 yoshida “Kyoln”ga qarshi o‘yinda Son “Gamburg” safidagi ilk golini kiritadi va mazkur klubda gol urishga muvaffaq bo‘lgan eng yosh futbolchiga aylanadi.

4. 2013 yil 13 iyunda 10 mln evro evaziga “Bayer” safini to‘ldirgan Son “dorishunoslar” bilan 5 yillik shartnoma tuzadi.

5. “Bayer” safida bir-biridan ajoyib bo‘lgan ikki mavsumni o‘tkazgan koreyalik futbolchi “Gamburg” hamda “Volfsburg” jamoalariga qarshi o‘yinda “xet-trik” qayd etadi.

6. 2015 yil yozgi transfer bozorining so‘nggi haftasida Londonning “Tottenxem” jamoasi “dorishunoslar”ga 30 mln evro to‘lagan holda Sonni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Qayd etish kerakki, bu narh osiyolik futbolchilar uchun eng ko‘p pul sarflangan transfer sifatida tarixda qoladi.

7. “Shporlar” safidagi ilk gollarini esa Evropa Ligasi turniri doirasida “Qorabog‘” jamoasi darvozasiga kiritadi.

8. Son Xyon Min Janubiy Koreya termasidagi debyut o‘yinini 2010 yilning 30 dekabr sanasida o‘tkazgan. 2011 va 2015 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etgan va mos ravishda bronza hamda kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari London olimpiadasi bronza medallariga ham sazovor bo‘lgan.

9. Son Xyon Min 2015 yil Avstraliyada o‘tgan Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekistonga qarshi o‘yinda “dubl” qayd etgan. Qayd etish kerakki shundan buyon O‘zbekiston darvozasini ikki bor nishinga olish hech kimga nasib etganicha yo‘q.

10. Uning kumiri bugunda “Kristal Pelas”da to‘p surayotgan – Li Chun Yundir.

11. Son Xyon Min 2015 yilgi Osiyo Kubogining ramziy terma jamoasiga kiritilgan. Bundan tashqari 2014 yilda Koreyalik eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilgan.

12. Son – uning famliyasi, Xyon Min esa ismi sanaladi.

Shahzod xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!