Aleksandra Krunich Gollandiyada g‘olib bo‘ldi

Gollandiyada WTA tomonidan sovrin jamg‘armasi 250.000 evro bo‘lgan "Libéma Open" musobaqasida g‘olib nomi aniqlandi.

Maysa qoplamali kortlarda o‘tkazilgan ushbu turnir finalida serbiyalik Aleksandra Krunich belgiyalik Kirsten Flirkensni 6:7, 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Krunich 34.677 evro pul mukofoti va 250 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!