David Luiz: Agar Konte "Chelsi"da qolganda, men jamoadan ketardim

  • 26.08.2018 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luiz sobiq ustozi Antonio Konte haqida gapirib o‘tdi.

“Agar Konte “Chelsi”da qolganida, men jamoadan ketardim. Lekin men qoldim va bundan xursandman.

Har bir yangi murabbiy o‘z g‘oyalari bilan jamoani kuchaytiradi. Sarri allaqachon menga juda ko‘p narsalarni o‘ratib bo‘ldi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, David Luiz o‘tgan mavsum aynan Konte qo‘l ostida “Chelsi”da bor yo‘g‘i 17ta o‘yinda ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!