JCh-2018 uchrashuvlariga qancha xorijlik muxlis tashrif buyurdi?

Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodets jahon chempionati yakunlarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turnir davomida 3 mlndan ortiq muxlis tashrif buyurgan.

- Jahon chempionati uchrashuvlariga 3 mln 31 ming 768 muxlis kelishgan. Bu barcha uchrashuvlarga tashrif buyurgan tomoshabinlarning 99,8-99,9 %ini tashkil qiladi, - deydi Golodets. - 806 ming chet el fuqarolari passport olgan. Umuman mundialga 3 mlndan ortiq xorijlik muxlis kelgan. O‘yinlarga eng ko‘p chiptalarni AQSh, Braziliya va Germaniya fuqarolari xarid qilishgan.

Turnirga 25 ta davlat prezidenti, turli monarxiyalarning 7 vakili Rossiyada bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ana xolos ...
19/07/2018 17:25
EEEEEE qoyil, moskovda ko'rishgandik beu fanatka bilann...