Janubiy Koreya - Kosta-Rika 2:0 (video)
O‘zbekiston terma jamoasi bilan noyabr oyida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushidigan Janubiy Koreya terma jamoasi bugun Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazdi.
Janubiy Koreyaning Poyan shahridagi shu nomli stadionda kechgan bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Gollarga Li Chje Sen va Nam Tae Xilar mualliflik qilishdi. Koreyaliklar hisobni yiriklashtirishlari ham mumkin edi, ammo Son Xen Min Kosta-Rika darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. Janubiy Koreya 11 sentyabr kuni Chilini mehmon qiladi. Kosta-Rika esa xuddi shu kuni Yaponiya bilan kuch sinashadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar