Kavani safga qaytdi

  • 22.08.2018 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ forvardi Edinson Kavani jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli urugvaylik futbolchi jamoaning umumiy guruhida shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kavani 30 iyun kuni Urugvay terma jamoasi safida JCh-2018da jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, PSJ o‘zining navbatdagi uchrashuvini 25 avgust kuni o‘z maydonida chempionat doirasida "Anje"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!