Kovachichga APLning ikki grandi qiziqish bildirmoqda

  • 09.07.2018 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachichga Angliya premer-ligasidan ham jiddiy takliflar tusha boshladi.

Berilgan xabarlarga qaraganda 24 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Kovachichning o‘zi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Kovachichi o‘tgan mavsum “qirollik klubi” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kovachichga A Seriya grandlaridan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!