Mourino: Pogba MYuda xursand va mavsumga tayyor

  • 10.08.2018 15:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning holati haqida gapirib o‘tdi.

“Pogba klub qarorgohiga dushanba kuni etib kelgan. Mening fikrimcha u bu erda xursand va mavsumga tayyor.

U dushanba kuni ham, seshanba kuni ham, chorshanba kuni ham mashg‘ulotlarda ajoyib qatnashdi. Pogba bilan shaxsan o‘zim gaplashdim va undan holati qandayligini haqida so‘radim. Lingard, Fellayni va Yanglar bilan ham gaplashdim. Agar ular tayyor bo‘lishsa, “Lester”ga qarshi ilk turda 10, 20 yoki 30 daqiqa maydonda harakat qilishlari mumkin”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!