“Napoli” prezidenti UEFA va FIFAga futbolni o‘zgartirishni taklif qildi
“Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis UEFA va FIFAni futboldagi o‘yin qoidalariga keskin o‘zgartirishlar kiritishga chaqirdi. U shuningdek, ba’zi holatlarda tavakkal futbolni “o‘ldirayotganini” ta’kidlab o‘tdi.
– Biz futbolni buzyapmiz, – deya De Laurentisning so‘zlarini keltiradi Goal nashri. – Biz kelajakni ko‘rishimiz kerak, chunki barcha yoshlar hozir videoo‘yinlarda. Ko‘ryapsizmi, sakkiz yoshdan keyin bolalar futbol haqida qayg‘urmaydi. Futbol – muhim tarmoq. FIFA va UEFAning eskicha qolib ketayotganligi yanada kattaroq qadr-qiymatga ega.
– Bu bizning aybimiz, eski ahmoqlarmiz. Zerikarli o‘yinlar bo‘lmoqda. Futbol o‘yinlari juda uzun, uxlab qolasan. 30 daqiqadan 2-4 daqiqali tanaffus bilan ikki bo‘lim qilish kerak. Biz barchasini o‘zgaritishimiz zarur.
Fikrlar