Raqibiga tupurgan Duglas Kosta jiddiy jazoga tortildi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta A Seriyaning 4-turida "Sassuolo"ga (2:1) qarshi kechgan bahsida raqib futbolchisi Federiko Di Francheskoning yuziga tupurgani uchun jiddiy jazoga tortildi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaragandaA Seriya tartib-intizom qo‘mitasi 28 yoshli futbolchini naqd 4ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Unga ko‘ra Kosta chempionatning "Frozinone", "Bolonya", "Napoli" va "Udineze" jamoalariga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar