Vitaliy Klichko Avstriyada shifoxonaga yotqizilgan

  • 01.02.2019 16:00
  • 0
  • Boks

Kiev shahri meri Vitaliy Klichko belidan olgan eski jarohati qo‘zg‘aganligi sababli shifoxonaga yotqizildi. U Avstriyaning Sankt-Iogann-in-Tirol shahridagi klinikalardan birida davolanmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Oksana Zinoveva LIGA nashriga ma’lum qilgan.

Vitaliy Klichko Avstriyada tekshiruv va reabilitatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Uni belidan olgan eski jarohati yana bezovta qilgan, – deydi matbuot kotibi.

26 yanvar kuni Klichko ushbu klinikaga Shveytsariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan iqtisodiy forumdan keyin olib kelingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!