A Seriya. "Napoli" autsayder maydonida ojiz qoldi, "Yuventus" bilan oradagi farq 18 ochkoga etdi

"Karlo Kastelani" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Dastavval 29-daqiqada Ismael Bennakerning uzatmasidan so‘ng Diego Farias raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

44-daqiqada esa Pyotr Zelinski muvozanatni tikladi. 52-daqiqada Jovanni Di Lorentso tomonidan kiritilgan gol esa mezbonlarga 3 ochko olib keldi.

Shu tariqa "Empoli" hisobidagi ochkolar soni 28 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Napoli" esa 63 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda. Peshqadam "Yuventus" bilan oradagi farq esa 18 taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!