Al-Ahli "Barselona"ning taklifini rad qildi
"Barselona" 17 yoshli misrlik hujumchi Hamza Abdelkarimga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ispan grandi "Al-Ahli"ga sotib olish sharti bilan ijaraga olish taklifi bilan chiqdi. Ammo Misr klubi futbolchi uchun kamida 5 million evro xohlayapti, deya xabar berdi "Sport" nashri.
Fabritsio Romano so‘zlariga ko‘ra, Hamzaga boshqa jamoalardan ham qiziqishlar bor, lekin u faqatgina "Barsa"ga o‘tishni istayapti. Sababi, Abdelkarimning bolalikdagi orzusi Kataloniya klubida to‘p tepish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Hamza 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lgan Jahon chempionatida 4 ta o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar