"Andijon" yangi transferni e'lon qildi
“Mavsum-2026” uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan "Andijon" seleksiya ishlarini ham davom ettirmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Andijon”ning Antaliyadagi yig‘iniga yangi futbolchi - Mahmud Mahamadjоnov qo‘shildi. Ushbu futbolchi bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Mahamadjоnov 2003 yilning 30 iyun sanasida tavallud topgan. Bunga qadar u “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Dinamo”da to‘p surgan. O‘tgan yilgi mavsumning ikkinchi davrasini ijarа asosida aynan “Dinamo”da o‘tkazgan.
Umumiy hisobda himoyachi 80 ta o‘yinda maydonga tushgan va 3 ta gol urib, 6 ta assistni amalga oshirgan.
Mahamadjоnov 2023 yili U20 terma jamoamiz bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar