"Andijon"ning qishki yigʻin rejalari maʼlum
OChL 2 dagi so‘nggi rasmiy o‘yindan keyin qishki ta’tilga chiqqan"Andijon" jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari ma’lum.
Klub matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, "Burgutlar" 5 yanvar sanasidan Toshkentda to‘planadilar. Dastlab futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Yangi mavsum uchun qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi.
"Burgutlar" Antaliyaga 7 yanvarda jo‘nab ketadi. Aytish lozimki, Turkiyadagi yig‘in ham ikki bosqichda o‘tkaziladi va 18 fevral kuni yakuniga yetadi.
Ushbu tayyorgarlik jarayoni doirasida xorij jamoalariga qarshi 10 ta nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqiblar haqida keyinroq ma’lumot taqdim etiladi.
Fikrlar