APL. “Manchester Siti” safarda “Sanderlend”ni mag‘lub eta olmadi. “Tottenxem” esa ochko yo‘qotdi
APLning 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikkita uchrashuv yakunlandi.
Bu turda “Manchester Siti” “Sanderlend” maydoniga safar qildi va uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu o‘yindan so‘ng turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda ketayotgan “shaharliklar”ning peshqadam bo‘lib turgan “Arsenal” bilan o‘rtasidagi farq 4 ochkoga yetdi.
“Brentford” esa o‘z uyida “Tottenxem”ni qabul qildi. Jamoalar ushbu uchrashuvda murosa yo‘lini tanlashdi va bir ochkodan ishlab, olishdi. Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Sunderland
Tugadi
0
:
0
02.01.2026 01:00
Fikrlar