"Arsenal"ning asosiy hujumchisi kim bo‘lishi ma’lum
Londonning "Arsenal" klubi asosiy hujumchisi kim bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
"Arsenal" hujum chizig‘ida raqobat jiddiy bo‘lishi kutilgandi, biroq forvardlar birin-ketin jarohat oldi. Uning ustiga Viktor Dyokeresh gol urishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. "Daily mail"nashri bergan xabarlarga ko‘ra, agar Kay Haverts safga qaytsa jamoaning asosiy hujumchisi sifatida tanlanishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Mikel Merino jamoaning to‘qqizlik hujumchisi sifatida o‘ynamoqda. Uning asosiy pozitsiyasi esa yarim himoyachi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, "To‘pchilar" ayni vaqt APLning 15-turidan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog‘onasini band etib turibdi.
Fikrlar