Arteta "Arsenal"ga zo‘r hujumchi topdi. U Gollandiya terma jamoasida o‘ynaydi

  • 30.06.2020 16:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Volfsburg" klubi forvardi Vaut Vegxorst faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli gollandiyalik futbolchini shaxsan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Vegxorstning transferi 35 mln evroga baholanmoqda. Unga “Nyukasl” ham xaridor.

Vaut Vegxorst joriy mavsum “Volfsburg” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!