Asosiy tarkibga qaytgan Abduqodir Husanov necha ballga loyiq ko‘rildi?
Angliya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" safarda "Nyukasl" bilan to‘qnash kelib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘yindan so‘ng turli xil statistik portallar hamyurtimizning o‘yini turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 7.5 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.8 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.1 ball berdi.

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 11 mart kuni "Real Madrid"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar
Saytingizdagi dark rejim funksiyasidan foydalanishda bir muammo kuzatildi. Dark rejim tugmasini bosib yoqqanimdan so‘ng, sahifadagi xabarni o‘qib bo‘lib boshqa xabarga o‘tsam, bosh sahifaga qaytsam yoki brauzerda bir qadam orqaga qaytsam — dark rejim o‘chib qolmoqda.
Foydalanuvchi sifatida, dark rejim bir marta yoqilgandan keyin boshqa sahifalarga o‘tilganda ham saqlanib turishi qulay bo‘lardi. Bu nafaqat ko‘zni asraydi, balki saytni yanada foydalanuvchi uchun qulay qiladi.
Shu sababli, dark rejim sozlamasini cookie yoki local storage orqali saqlab, foydalanuvchi boshqa sahifalarga o‘tganda ham u yoqilgan holatda qolishini ta’minlab berishingizni so‘rayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.