"Barselona" "Aston Villa" futbolchisini nishonga oldi

  • 16.12.2025 21:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Aston Villa" markaziy himoyachisi Pau Torresni sotib olishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli himoyachi "Barselona" uni sotib olish uchun jiddiy qadam tashlasa, Ispaniyaga qaytishga qarshi emas. Uning o‘zi ham "ko‘k-anorranglilar" libosida o‘ynashni istamoqda. Kataloniya klubi himoyadagi muammolar sabab joriy mavsumda juda ko‘p to‘p o‘tkazib yubordi. Shu sababdan ham markaziy himoyani kuchaytirish uchun jamoaga yangi qon quyishni maqsad qilgan. Torresning birmingemliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining narxi 25 million evroga baholangan.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 18ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!