"Barselona" Gaviga o‘rinbosar topdi

  • 05.12.2023 13:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Donni van de Bek "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Niderlandiyalik yarim himoyachi "Barselona"ga o‘tishi mumkin, deb xabar qilmoqda "Sport.es" nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" yarim himoyachisi "ko‘k-anorranglilar"ning jarohatlangan a’zosi Gaviga muqobil sifatida ko‘rilmoqda. "Barselona" iqtidori jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Van de Bek mankunianliklar tarkibida juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning atigi bitta uchrashuvida qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!