“Barselona” “Inter” yulduzini kuzatmoqda

  • 24.02.2026 21:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning "Barselona" klubi Milaning "Inter" klubi va Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastonining kelajagini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqida insayder Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchining transfer narxi kataloniyaliklar uchun juda qimmat, futbolchining o‘zi esa hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bastoni 2019-yilning yozidan beri "Inter" sharafini himoya qilmoqda. Ikki yil oldin himoyachi "Atalanta"dan 31,1 million yevroga sotib olingan, ammo 2017/2018 va 2018/2019-yilgi mavsumlarni Bergamo klubi va "Parma"da ijara asosida o‘tkazgan. Joriy mavsumda 26 yoshli italyalik futbolchi barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda bitta gol va oltita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!