"Bashakshehir" bosh murabbiyi jamoa ko‘proq gol urishni istamoqda

  • 22.02.2026 06:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 23-turida "Istanbul Boshakshehir" safarda "Alanyaspor"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng "Boshakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shahin jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Bu biz uchun qiyin o‘yin edi. Birinchi bo‘limda jamoamning o‘yinidan juda-juda mamnunman. Ikkinchi bo‘limda afsuski, uchinchi golni ura olmadik. "Alanyaspor" esa chiroyli gol bilan hisobni qisqartirdi", — dedi mutaxassis.

Shuningdek, u o‘yin uslubi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

"Asosiy o‘yin uslubimizdan voz kechmadik. Uchrashuvning boshida ayrim jihatlar o‘xshamadi, ammo keyin to‘pni nazorat qilishda muammo bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. Futbolchilarimni tabriklayman. Ikkinchi bo‘limda uchinchi golni urishimiz shart edi. Rostini aytsam, 3–4 oy oldin bu o‘yinni yuta olarmidik — bilmayman".

Nuri Shahin jamoasining himoyadagi harakatlarini ham alohida ta’kidladi:

"Darvozamizni yaxshi himoya qildik, deyarli xavfli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymadik. Biz uchun juda qimmatli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Jamoamdan to‘liq mamnunman. Yo‘limizni davom ettiramiz. "Alanyaspor"ga esa omad tilayman.

Ma’lumot uchun, mazkur bahsda Abbosbek Fayzullaev ishlab bergan penalti­ni Eldor Shomurodov golga aylantirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!