Bu pul yetadimi? “Real” Rodri va Shlotterbek uchun 100 million yevro ajratdi
Kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirayotgan “Real” katta xaridlarga qo‘l urishi kutilyapti.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri va “Borussiya Dortmund” himoyachisi Niko Shlotterbekni sotib olish uchun 100 million yevro ajratishini bildirdi.
Bu haqida Mundo Deportivo nashri jurnalist Alberto Pereyroga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 100 million yevro bu futbolchilarni sotib olish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Madridliklar kerakli summani jamg‘arish uchun yozda bir necha futbolchilarni sotib yuborish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Rodrining bozor qiymati 75 million yevroni, Niko Shlotterbekning narxi 55 million yevroni tashkil qilyapti.
Fikrlar