"Bu sovringa o‘zim erishmadim"

  • 30.11.2021 17:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Oltin to‘p" uchun kurashda uchinchi o‘rinni egallagan "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Shu o‘ringa loyiq ko‘rilganimdan mamnunman. Biroq bu sovringa o‘zim erishmadim. Jamoamga katta rahmat aytaman. Ochig‘i, juda xursandman. Barcha sheriklarim bilan faxrlanaman. Biz birgalikda bunga loyiqmiz.

Jamoaviy o‘yin muhim. Buni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak. Shunda yaxshi natijalar va sovrinlarga erishamiz", - dedi Jorjino


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!