"Buxoro" rasman "Nurafshon"ga o‘zgaradi
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Telegram"dagi sahifasida Pro Liganing II bosqichiga qachon qur’a tashlanashishi va "Buxoro" jamoasining nomi o‘zgrashishi haqida yozdi.
"13 sentyabr kuni Pro liga II bosqichiga qur’a Futbol-TV studiyasida tashlab beriladi. Shu kundan boshlab "Buxoro" futbol klubi nomi rasman "Nurafshon"ga o‘zgartiriladi.
Qayd etish kerak, 3 oy avval ham "Buxoro" futbol klubi bilan bog‘liq qarzdorlik masalalari hal etilmagandi. Ammo mana shu vaqt ichida "Buxoro" oldinga yaxshigina qadam tashlashga erishdi. Kelasi mavsumga qadar klub o‘zining uy arenasi maydonini yaxshilab ulgursa, klub katta inqirozdan chiqib ketdi, deb bemalol aytishimiz mumkin bo‘ladi. Bunda viloyat hokimligi tashabbusi, "Buxoro" neftni qayta ishlash zavodining ko‘magi hamda Usmon Toshevning tashrifini alohida e’tirof etishimiz kerak", -deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.

Fikrlar