"Chelsi" Garnachoning transfer narxini tushirishga harakat qilyapti. MYu esa...
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, "Manchester Yunayted" Alexandro Garnachoni 50 million funtga sotishni rejalashtirmoqda. Ammo "Chelsi" bu narxni tushirishga umid qilyapti. Sababi — "Yunayted" hozircha asosiy e’tiborni futbolchilarni sotishga qaratgan va yaqinda Benyamin Sheshkoni olib kelgani bu transfer siyosatida muhim ahamiyat kasb etyapti.
"The Telegraph" nashrining muxbiri Sem Uollesning yozishicha, "aristokratlar" klubi Garnachoni aynan ular jamoasiga o‘tishni xohlashiga ishonyapti. "Qizil iblislar" esa argentinalik futbolchining transferi uchun Noni Madueke "Arsenal"ga 50 million funtdan ko‘proqqa o‘tganini misol qilib keltirmoqda.
21 yoshli Garnacho o‘tgan mavsum APLda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli pas bergan.
Fikrlar