Dembele parijliklarga yoqmadi

  • 24.09.2023 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Barselona”dan Usmon Dembeleni katta umidlar bilan olib kelgan edi.

Parijliklar Kilian Mbappe jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini aynan Dembele bosishi kerak edi.

Taniqli jurnalist Stiv Beytsning  ma’lum qilishicha, PSJga Usmon Dembelening o‘yini ma’qul kelmagan. Shu bois, parijliklar 26 yoshli o‘yinchidan tezroq qutilmoqchi.

Klub rahbariyati 50 million evroga xarid qilingan Dembeleni yanvarda ijaraga berib yuborishga tayyor. Bu o‘yinchiga  Angliya Premer-ligasidan chorlov bo‘lyapti. “Arsenal”, “Tottenxem” va “Vest Xem” Usmonga imkoniyat berishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!