Donald Tramp Konor Makgregorning kompaniyasiga katta miqdorda investitsiya kiritdi

  • 05.01.2026 15:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

"The Times" gazetasining xabar berishicha, Konor Makgregorning jang sanʼatlari boʻyicha mashgʻulotlar kompaniyasi "MMA INC" Donalʼd Trampning "American Ventures" fondidan yirik investitsiya oldi.

Hozirda biz 3 million dollar haqida gapirayapmiz, ammo Konorning kompaniyasidagi aksiyalarni sotib olish natijasida investitsiya hajmi 20 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Konor shu yili Oq Uyda boʻlib oʻtadigan UFC turnirida Maykl Chendler bilan jang qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!