Dzyudo. Yoshlarimiz Jahon chempionatini top-10 talikda yakunlashdi

Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga etdi. 

Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi va quvonarlisi, 3 nafar dzyudochimiz jahon chempionati medallariga ega chiqishdi. Umida Nig‘matova (+78 kg) finalga qadar mag‘lubiyatsiz etib borib, kumush medal qo‘lga kiritdi. Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatini 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 65 davlat orasida 10-o‘rinda yakunladi. Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan kutilganidek, bu borada birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Braziliya va IJF jamoalari joy oldi. 

Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:

Kumush medal

+78 kg: Umida Nig‘matova

Bronza medallar

-48 kg: Laziza Haydarova 
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov 
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov 
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!