EChL. "Barsa" Chexiya klubini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi, "Bavariya"da 100 foizlik natija

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Viktoriya" - "Barselona" bahsi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Kataloniyaliklar safida Alonso, Ferran (dubl) va Torre gol muallifiga aylandi. Mezbonlarning ikki goli Chori nomiga qayd etildi.

Shuningdek, guruhdagi ikkinchi bahsda "Bavariya" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qildi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxenliklarning ikki goli Pavar va Chupo-Moting hisobiga yozib qo‘yildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!