“El-klasiko” oldidan “Real”da yo‘qotish bor
Madridning “Real” hozirda AQShda yig‘in o‘tkazmoqda. AS nashri xabariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” hujumchisi Eden Azar shu hafta mashg‘ulotlarda jarohat oldi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, 31 yoshli belgiyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor.
"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 24 iyul, yakshanba kuni Paradayzedagi " Ellidjent" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan ertalab soat 8:00 da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Azar yaqinda ispan nashriga bergan intervyusida yangi mavsumda “Real”ning etakchilaridan biri bo‘lishga va’da bergan edi.
Fikrlar