Fabritsio Romano: "Barselona" va "Yuventus" APL himoyachisini nishonga oldi
"Barselona" va "Yuventus" klublari "Bornmut" himoyachisi Markos Senesining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
28 yoshli argentinalik futbolchining amaldagi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Joriy Angliya Premer ligasi mavsumida Senesi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar