Flik o‘nta futbolchidan qutilmoqchi
“Barselona” yangi mavsumga tayyorgarlikni Osiyo turnesi bilan yakunlaydi. 27 iyulga mo‘ljallangan safar doirasida Xans-Diter Flik shogirdlari Janubiy Koreyaning “Seul” va “Tegu” jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Kataloniyaliklar turne doirasida Yaponiyaning “Vassel Kobe” futbolchilari bilan ham kuch sinashishi rejalashtirilgan edi. Biroq ushbu bahs tashkilotchilari “Barselona” bilan moliyaviy shartlarni kelishi olmagani bois, kataloniyaliklar o‘yinni bekor qildi.
Xans-Diter Flik yangi mavsum oldidan asosiy tarkibni shakllantirish uchun 35 ta futbolchi orasidan eng zo‘rlarini tanlab olishi talab etiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Flik asosan tajribali o‘yinchilarga suyanmoqchi va asosiy tarkibga kirishga urinayotgan yosh o‘yinchilardan Landri Farre, Xofre Torrents, Toni Fernandes, Pedro Fernandes va Dani Rodrigesga birinchilardan bo‘lib chiqish eshigi ochiladi.
MundoDeportivo nashriga ko‘ra, murabbiylar shtabi yangi mavsumda asosiy jamoa a’zolaridan Inyaki Penya, Oriol Romeu, Andreas Kristensen va Pau Viktor bilan ham xayrlashishga tayyor.
Shuningdek, jarohatdan qutilgan yosh futbolchi Mark Bernalning ham “Barselona”dagi kelajagi kafolatlanmagani aytilmoqda.
Fikrlar