Gvardiola qiyin kechishi kutilayotgan o‘yin oldidan futbolchilarga dam berdi
“Manchester Siti“ klubi ustozi Xosep Gvardiola shogirdlariga Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi ikkinchi javob oʻyini oldidan qoʻshimcha dam olish kuni berishga qaror qilgan. Birinchi bahsda “shaharliklar” 3:0 hisobida magʻlub boʻlishgandi
-Nima uchun futbolchilarga qoʻshimcha dam olish kunini berishga qaror qildingiz?
-Erta oʻyindan oldin mashgʻulot oʻtkazamiz.
-Ushbu tanaffus jamoangizga oʻyin oldidan psixologik jihatdan ham ustunlik berishini kutyapsizmi?
-Agar yaxshi oʻynasang, psixologik jihatdan ham kuchliroq boʻlasan. Men qanday vaziyat yaratishimiz haqida oʻylamayman, ishonchim komilki biz bu holatda yechim topa olamiz. Asosiy masala biz yaxshi himoyalanishimizda. Bu oʻta jiddiy va masʼuliyatli vazifa. Raqib darvozasiga 3 tadan koʻp gol urishimiz kerak. Bu oson boʻlmaydi. Birinchi bellashuvda yaxshi oʻyin koʻrsatmaganmiz ammo bu borada ishlayapmiz. Bu futbol, unda hamma narsa boʻlishi mumkin. Bizda iqtidori futbolchilar yetarli,- deya Gvardiolaning soʻzlarini keltirdi “AS” nashri.
Eslatib oʻtamiz, javob uchrashuvi ertaga, 17 mart kuni Manchester shahridagi "Etihad" stadionida boʻlib oʻtadi.
Abduvaliev Azizxon
Fikrlar