Hamidjon Aktamov: Tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardik

  • 03.10.2019 14:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Qizilqum" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Biz uchun g‘alaba suv va havodek zarur edi. Shu bois bugun g‘alaba uchun maydonga tushgandik. O‘yinda gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. Golgacha Doston Ibragimovning o‘zida bir qator yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin undan foydalana olmadi. Goldan keyin asosiy e’tiborni himoya qaratdik. Ammo o‘yin oxirida birgina xato qimmatga tushdi. G‘alaba qozonib turgan o‘yinimizda, tayyor ikki ochkodan mahrum bo‘ldik. Yigitlarga rahmat. Bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Ibragimov nega zaxiraga olindi? U kichik to‘qnashuvda jarohat olgandek tuyuldi. Shu bois majburiy o‘zgarishni amalga oshirdik... Oldimizdagi maqsad o‘zgarmaydi. Qolgan o‘yinlarda maksimal ochko yig‘ishga harakat qilamiz, - dedi Aktamov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!