Ikki futbolchi umrboд futboldan haydaldi

  • 11.03.2026 05:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

MLS rahbariyati ikki futbolchi — amerikalik yarim himoyachi Derrick Jons va ganalik legioner Yav Yeboani umrboq diskvalifikatsiya qilish qarorini chiqardi.

Liga matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, tergov jarayonida futbolchilar liga o‘yinlariga, jumladan, o‘z jamoalari ishtirok etgan uchrashuvlarga faol ravishda pul tikkani aniqlandi.

Qonunbuzarliklar 2024 va 2025 yillgi mavsumlarda qayd etilgan.

Sanksiyalarga sabab bo‘lgan holatlardan biri 2024 yil 19 oktyabrdagi uchrashuv bilan bog‘liq. Bu o‘yinda har ikki futbolchi Jons sariq kartochka olishiga pul qo‘ygan. Natijada uchrashuvda aynan shu holat amalga oshgan.

O‘sha vaqtda har ikki futbolchi “Kolambus Kryu” klubi safida o‘ynar edi.

Hozirda 29 yoshli Derrick Jons erkin agent hisoblanadi. U avval “Filadelfiya Yunion”, “Neshvill”, “Hyuston” va “Sharlott” klublarida to‘p surgan.

28 yoshli Yeboa esa Xitoyning “Tsindao Xaynyu” klubida o‘ynamoqda. MLSda u “Kolambus Kryu”dan tashqari “Los-Anjeles” jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Yav Yeboa 2023 yilda MLS chempioni bo‘lgan. U finalda “Los-Anjeles”ga qarshi o‘yinda “Kolambus Kryu” uchun hal qiluvchi golni urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!