Ikki hamyurtimiz maydonga tushgan bahsda "Shabab Al Ahli" mehmonda zafar quchdi

Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionining 22-turi doirasida hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "Al-Dafra" mehmoni bo‘ldi. 

Murosasiz kechgan bellashuv dubayliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

G‘alaba orqali "Shabab Al-Ahli" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 40 taga etkazib oldi. 

O‘yinda Hamrobekov 64 daqiqa, Masharipov esa 89 daqiqa harakat qildi va zaxiraga olindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!