"Inter" futbolchisi Liverpul klubini qiziqtirib qo‘ydi

  • 18.01.2020 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Matias Vesino mavsumni APLda davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha 28 yoshli urugvaylik futbolchiga “Everton”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “neradzurrilar” Vesinoni “Tottenxem” xavbeki Kristian Eriksenning transferiga qo‘shib bermoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Vesino joriy mavsum A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!