"Inter" Jiruning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 09.11.2019 13:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning “Inter” klub hamon “Chelsi” forvardi Olive Jiruni sotib olish fikridan qaytmayapti.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha “neradzurri”lar 33 yoshli frantsiyalik futbolchini o‘zlarining asosiy hujumchisi Romelu Lukakuga munosib o‘rindosh sifatida qarashmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda ayni damda “Inter” “Chelsi” bilan Jiru masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!