Isko "Real"ni tark etadimi?
"Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Isko jamoani tark etishi mumkinligi borasida xabarlar tinmayapti. Lekin ispaniyalik xavbek jamoada qoladigan ko‘rinadi. Bu haqda Sports World xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Iskoga Zinedin Zidan ishonch bildirmoqda va uni qo‘llab-quvvatlaydi. Futbolchi tez orada bu borada murabbiy va rahbariyat bilan gaplashib oladi.
Ijodkor yarim himoyachiga Italiyadan "Yuventus" va Angliyadan "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar