Karen Xachanov endi hamyurtiga qarshi kortga chiqadi

Rossiyalik Karen Xachanov AQShda Professional tennischilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.

Karen  Indian-Uells shahri mezbonlik qilayotgan ushbu turnirning ikkinchi davrasida ispaniyalik Felisiano Lopesni 6:3, 1:6, 6:4 hisobida taslim qildi.

Endi "BNP Paribas Open"ning uchinchi bosqichida Xachanov hamyurti Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!