Konor Makgregor navbatdagi raqibi haqida post qoldirdi
UFC da yarim engil va engil vazn toifalarida sobiq ikka karra chempion bo‘lgan Konor Makgregor promoushendagi navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.
"Keyingi raqibim kim ekani nomaʼlum. Bilasizlar, menga farqi yo‘q. Kontrakt yuboringlar", – deb yozdi irlandiyalik o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Konor so‘nggi marta 2021 yil iyul oyida oktagonga ko‘tarilib, birinchi raundda texnik nokaut bilan Dastin Poryedan mag‘lub bo‘lgan edi. Ayni paytdagi mish-mishlarga ko‘ra, Konor Oq Uyda o‘tkaziladigan turnir kardidan joy olishi mumkin.
Zeboniso Hamidova tayyorladi
Fikrlar