"Kristal Pэlas" tarbiyaluvchisi bo‘lgan oʻzbekistonlik futbolchisi Qirgʻiziston klubi bilan shartnoma imzoladi
Angliya futboli tarbiyalanuvchisi, oʻzbekistonlik hujumchi Nodirbek Bobomuradov Qirgʻizistonning eng kuchli klubi "Abdish-Ata" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtgan mavsumda "Abdish-Ata" bronza medallarini qoʻlga kiritgan boʻlsa, joriy yilda rivojlanish vektorini oʻzgartirmoqda. Klub deyarli barcha yetakchi futbolchilar bilan xayrlashdi va asosiy eʼtiborni yosh oʻyinchilarga qaratish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, jamoaga nisbatan tajribali futbolchilar, jumladan legionerlar ham jalb qilindi. 26 yoshli oʻzbekistonlik Bobomuradov ham shular jumlasidandir.
Oʻtgan yili Nodirbek Angliyaning eng qadimiy klublaridan biri "Kley Wondererz" bilan shartnoma imzolagan edi, ammo jamoada oʻz oʻrnini mustahkamlay olmadi.
Maʼlumot uchun, u Buxoro viloyatida tugʻilgan. 8 yoshida Angliyaga koʻchib oʻtgan va "Kristal Pэlas" akademiyasida taʼhsil olgan.
Fikrlar