Lamin Yamal 50 ta golga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan ertaroq yetib bordi

  • 08.03.2026 03:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Lamin Yamal rasmiy musobaqalarda 50 ta golga yetdi. Ulardan 44 tasi klub safida, 6 tasi esa Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibida urilgan.

Futbolchi bu natijaga 18 yosh 237 kunida erishdi. U La Liga doirasida "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda (1:0) gol urdi.

Qiziqi shundaki, Lionel Messi 50 ta gollik marraga 20 yosh 315 kunida, Krishtianu Ronaldu esa 21 yosh 297 kunligida erishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!