Legionerimiz jamoasini tark etmoqchi
Ushbu mavsum boshida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi a’zosiga aylangan darvozabon Ma’mur Ikromovning aftidan u erdagi faoliyati oxirlab qolganga o‘xshaydi. Yaqinda xabar berganimizdek, u klubida so‘nggi paytlarda zaxirada qolib ketmoqda. Tabiiyki, bunday holat legionerimizga sira yoqmayapti.
Ma’mur Ikromovning sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, Tojikiston chempionati 2 oktyabrda yakunlanadi va shundan so‘ng Toshkentga qaytadi. Klub bilan tuzgan shartnomasi esa shu yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga etadi. O‘zining aytishiga qaraganda, tezroq chempionat tugab, uyga qaytishni istamoqda va “Xo‘jand” klubiga qaytmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, “Xo‘jand”da Ikromovdan tashqari Siroj Hamroev bilan Sanjar Rixsiboev kabi hamyurtlarimiz ham to‘p surishmoqda.
Fikrlar