Levandovskiga top-klubdan ish chiqdi
Italiyaning “Yuventus” klubi kelasi mavsum oldidan hujum chizigʻini kuchaytirish uchun “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski nomzodini koʻrib chiqmoqda.
Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, Turin klubi yangi mavsum uchun hujumni kuchaytirish variantlarini izlamoqda va nomzodlar roʻyxatiga Levandovski ham kiritilgan.
Jamoa bosh murabbiyi Luciano Spalletti polshalik toʻpurarning boy tajribasi jamoa uchun foydali boʻlishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchi “Yuventus”ga erkin agent sifatida qoʻshilishi mumkin.
Avvalroq Robert Levandovski ham “Yuventus”ga oʻtish imkoniyatiga qiziqish bildirgan, ammo bu masala boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan edi.
Manba maʼlumotiga koʻra, Levandovskiga MLS va Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bor.
Fikrlar