"Manchester Siti" himoyachisi qachon safga qaytishi aniq bo‘ldi

  • 02.04.2026 16:29
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol jarohatdan qachon qaytishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida "Sportske Novosti" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi 10 kundan so‘ng yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlashi aytilmoqda. Shuningdek, himoyachining tiklanishi yaxshi va asoratsiz o‘tmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchi may oyi o‘rtalarida maydonga qaytishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun. Yoshko yanvar oyida "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda boldir suyagidan jarohat olgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!