Messi Kazemironı qiziqtirib qo‘ydi

  • 30.03.2026 06:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli futbol insayderi Fabrizio Romano “Manchester Yunayted”ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro “Inter Mayami”ga o‘tishga qiziqish bildirganini ma’lum qildi.

Avvalroq MLS klubi braziliyalik yulduzni yozgi transfer oynasida olishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

- Bilishimcha, Kazemiro “Inter Mayami”ga o‘tishni istaydi.

Uni klub loyihasi, Leo Messi bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyati va, albatta, shaharning o‘zi jalb qilmoqda.

Muzokaralar davom etmoqda. Kelishuvga erishishadimi-yo‘qmi — ko‘ramiz.

Boshqa qiziqish bildirgan klublar ham bor. Ammo hozircha “Inter Mayami” birinchi bo‘lib rasmiy taklif bergan va Kazemironi bepulga olishga jiddiy harakat qilmoqda.

Bu ajoyib transfer bo‘lar edi, — dedi Romano o‘z YouTube kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!